Yangi avlod IT yechimlari

Businessingizni IT Yechimlar yordamida Yangi Darajaga ko'taramiz

O'zbekistonda professional veb-sayt, mobil ilova (Android/iOS) va Telegram bot yaratamiz. Tez, zamonaviy va kafolat bilan — bepul konsultatsiya.

Xizmatlarimiz

Sizning muvaffaqiyatingiz uchun zamonaviy IT xizmatlar

Barchasi

Veb-sayt yaratish

Zamonaviy va tezkor veb-saytlar, landing pagelar va murakkab platformalar.

Batafsil

Mobil ilovalar

iOS va Android uchun foydalanuvchiga qulay va kuchli mobil ilovalar.

Batafsil

Telegram botlar

Murakkab logikali, avtomatlashtirilgan va samarali Telegram botlar.

Batafsil

So'nggi Loyihalar

Tajribamiz va natijalarimiz

Barchasi
BarakaFin — Telegram ichida ishlaydigan shaxsiy, oilaviy va biznes moliya yordamchisi
Telegram bot

BarakaFin — Telegram ichida ishlaydigan shaxsiy, oilaviy va biznes moliya yordamchisi

Bot va Telegram Mini App ko'rinishida ishlaydi. Kirim va chiqim oddiy matn bilan yoziladi: "taksi 25000" deb yuborsangiz yozuv o'zi qo'shiladi. Bir xabardagi bir nechta summa alohida yozuvlarga bo'linadi, kategoriya esa avtomatik taklif qilinadi. Bir nechta valyuta bilan ishlaydi: har yozuv o'sha kungi Markaziy bank kursi bilan saqlanadi. Kategoriyalar bo'yicha statistika, tarix va tavsiyalar bor. Qarzlar va qisman to'lovlar hisobini yuritadi, kunlik, haftalik va oylik eslatmalar yuboradi. Oila va biznes uchun umumiy hisoblar mavjud. Biznes hisobida rollar bor (egasi, admin, xodim, hisobchi), hamyonlar (kassa, karta, bank) va CSV eksport ham bor. Interfeys o'zbek (lotin va kirill) va rus tillarida, qorong'i rejim Telegram mavzusiga qarab o'zgaradi.

Ko'rish
BOBUR OTA — bitta Telegram botda 5 brendli savdo platformasi
Telegram bot

BOBUR OTA — bitta Telegram botda 5 brendli savdo platformasi

Telegram bot va Mini App. Bitta botda 5 ta brend bor: halol market, kabob, kitoblar, kosmetika (optom) va avto. Mijoz brendni tanlaydi, katalogdan tovar qo'shadi va turli brendlardan bitta aralash savat yig'ib, bitta buyurtma beradi. Narxlar so'm va vonda (₩) ko'rsatiladi. O'zbekistonga yetkazib berish faqat mos brendlarda mavjud, bu qoida serverda tekshiriladi. Admin uchun alohida Mini App bor: buyurtma holatlari, har bir tovarga "tayyor" belgisi, katalog va brendlarni boshqarish, statistika. Interfeys 4 tilda: o'zbek, rus, ingliz va koreys. Botda oddiy tugmalar rejimi ham bor. Xavfsizlik: Telegram imzosi (initData) tekshiriladi, buyurtmani faqat egasi va admin ko'radi, admin kirishiga urinishlar cheklangan.

Ko'rish
Triptonia — O'zbekistonga inbound turizm sayti
Veb-sayt

Triptonia — O'zbekistonga inbound turizm sayti

O'zbekistonga chet ellik sayyohlarni jalb qiluvchi zamonaviy, ko'p tilli turizm sayti. Nurata tog'lari, Aydarko'l yurta lagerlari va Buyuk Ipak yo'li shaharlari (Samarqand, Buxoro, Xiva) bo'ylab turlar taqdim etadi. Sayt 6 tilda (ingliz, rus, o'zbek, fransuz, ispan, italyan) ishlaydi. Asosiy imkoniyatlar: kun-ma-kun dasturli tur katalogi (accordion), onlayn band qilish zayavkasi, maxsus chegirmalar bloki, Telegram/WhatsApp/Messenger integratsiyasi, interaktiv xarita va to'liq admin panel — barcha kontent (turlar, narxlar, rasmlar, matnlar) admin paneldan boshqariladi. Qidiruv tizimlari uchun to'liq SEO (structured data, sitemap, hreflang) va mobil qurilmalarga moslashtirilgan tez interfeys.

Ko'rish

Tariflar

Aniq narxlar, yashirin to'lovlarsiz.

Barcha tariflar

Start

Birinchi qadam, kichik biznes

500$ dan
so'mda kelishiladi
Bepul konsultatsiya
Eng ko'p tanlanadi

Biznes

Sotuvni internetga olib chiqish

1 100$ dan
so'mda kelishiladi
Bepul konsultatsiya

Pro

Jarayonlarni avtomatlashtirish

2 900$ dan
so'mda kelishiladi
Bepul konsultatsiya

Premium

Katta kompaniya, to'liq tizim

Kelishuv asosida
Bepul konsultatsiya

Mijozlar fikri

Biz bilan ishlagan mijozlarimiz nima deyishadi

Jamoаgа chin dildаn minnatdorchilik bildiraman! Loyihамnи kutganimdаn ham tez — belgilangаn muddatdаn oldиn, yuqori sifat bilаn topshirishdи. Boshиdаn oxириgаchа har bir detalgа professional yondashиshdи: talablаrimni to'liq tushunib, har bir bosqichdа fikrimni inobatgа olishdi. Ayniqsа qo'llab-quvvatlаsh xizmати alohиdа maqtоvgа loyiq — istalgаn savoлimgа tez va sabr bilаn javob beridhfi, ish topshitilgandan keyin ham aloqаni uzmadi. Natija esa kutganimdan ham zo'r chiqdi. To'liq ishonch bilан tavsiya qilaman — mas'uliyaтли, so'zида turадиган va o'z ishининг ustasi bo'lgан jamoа. Kelgusи loyihalарим uchun ham, albатта, aynан shu jamoаga murojaат qilamаn. Rahmat! 🙌

F

Farrukh Bakhodirov

StartSum Admin

OneSystem jamoasiga O'ynaa ilovamizni yuqori sifat bilan va o'z vaqtida ishlab chiqib bergani uchun katta rahmat! Jamoa professional, mas'uliyatli va har bir tafsilotga e'tiborli. Hamkorlikdan juda mamnunmiz va kelajakda ham birga ishlashda davom etamiz.

J

Jasurbek Qayumov

O'ynaa ilovasi asoschisi

Yangiliklar

IT sohasidagi oxirgi yangiliklar va maqolalar

Barchasi
11/18/2026

Bot yoki Mini App: tanlash testi (7 ta savol)

"Menga oddiy bot kerakmi yoki Mini App?" Bu savolga umumiy javob yo'q: tanlov mijozingiz qanday harakat qilishiga va ishingiz qancha ma'lumot bilan ishlashiga bog'liq. Quyida 7 ta savol: har biriga "ha" yoki "yo'q" deb javob bering, oxirida natijani sanang. Mini App nima ekanini alohida maqolada tushuntirganmiz: <a…

Maqolani o'qish
11/18/2026

Telegram bot qanday ishlab chiqiladi: bosqichlar va buyurtmachi tayyorlashi kerak bo'lgan narsalar

Bot buyurtma qilmoqchi bo'lgan biznes egalari odatda uchta narsani so'raydi: jarayon qanday o'tadi, mendan nima kerak va qayerda xato qilinadi? Bu maqola aynan shu haqida: ishlab chiqish bosqichlari va buyurtmachi uchun amaliy checklist. Agar sizga tayyor yechim va xizmat shartlari kerak bo'lsa, telegram bot yaratish xizmati …

Maqolani o'qish
11/18/2026

O'quv markaz uchun CRM: davomat, to'lov va guruhlar bitta tizimda

O'quv markaz administratorining kuni ko'pincha shunday o'tadi: Instagram'dan kelgan arizalarga javob, sinov darsiga yozish, jurnalda davomat, kim to'lagan va kim to'lamaganini Excel'da qidirish, ota-onalarga birma-bir qo'ng'iroq. Markaz kattalashgan sari bu ish ko'payadi, xatolar ham ko'payadi: ariza unutiladi, to'lov eslatmasi kechikadi, guruhda joy bor-yo'qligi aniq…

Maqolani o'qish